Asosiy mazmunga oʻtish

Superkubokda "Paxtakor"ga qarshi o‘ynaydigan "Nasaf" mashg‘ulotlarga kirishdi

Shahzod
Izohlar: 2

Mashg‘ulotlarning uchinchi bosqichi.

Bugun "Nasaf" futbolchilari yangi mavsumga tayyorgarlikning uchinchi bosqichiga kirishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Bugungi mashg‘ulotlar klubning Qarshidagi qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Muxlislar yoqimtoyiga aylangan Marko Stanoevich bugun jamoa tarkibiga kelib qo‘shildi va mashg‘ulotlarga kirishdi.

Bundan tashqari "ajdarlar" bilan birgalikda yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichida kelib qo‘shilgan Suhrob Nurilloev hamda o‘tgan mavsumda G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasida harakat qilgan Shokir Yo‘ldoshev ham shug‘ullanmoqda. 

Ma’lumot uchun, "Nasaf" 6 mart kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi. Superliga uchrashuvlari esa 6 mart sanasidan start oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q