
Superliga. 4-turda eng ko‘p muxlis Qarshida
Tur doirasidan o‘rin olgan 7 bellashuvni jami 49 463 nafar muxlis bevosita stadiondan turib kuzatib bordi. Bu har bir o‘yinga 7066 nafar muxlis deganidir.
Qarshida kechgan «Nasaf» - «Navbahor» bahsi turning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘yiniga aylandi – 14 586 muxlis.
Shuningdek Termizda kechgan «Surxon» - «Paxtakor» qarama-qarshiligini ham 14 mingdan ziyod tomoshabin kuzatib bordi.
Odatdagidek «Lokomotiv»ning o‘z maydonidagi navbatdagi bahsi ham muxlis to‘plash borasida so‘nggi o‘rinni egalladi.
«Nasaf» - «Navbahor» 0:1. 14586 tomoshabin
«Surxon» - «Paxtakor» 0:0. 14234 tomoshabin
«Metallurg» - «Qizilqum» 4:1. 6920 tomoshabin
«Dinamo» - «So‘g‘diyona» 1:0. 5127 tomoshabin
«Qo‘qon-1912» - «Buxoro» 1:3. 4362 tomoshabin
«Bunyodkor» - «Andijon» 1:0. 2415 tomoshabin
«Lokomotiv» - AGMK 2:1. 1819 tomoshabin.
Fikrlar