
Superliga. 6-turda 4 nafar futbolchi jamoasiga yordam bera olmaydi
Bugun "Andijon" - "So‘g‘diyona" bahsi bilan Superliganing 6-turi start oladi. Uchrashuv 18:30da start oladi va "Foreign language" kanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Mazkur turni 4 nafar futbolchi o‘tkazib yuboradi. O‘zbekiston kubogi doirasidagi "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan Sardor Sobirxo‘jaev "Paxtakor"ning "Metallurg"ga qarshi bellashuvini o‘tkazib yuboradi. "Andijon" - "Nasaf" o‘yinida qizil kartchoka olgan Murodbek Rahmatov Olmaliqda bo‘lib o‘tadigan OKMKga qarshi uchrashuvda "ajdarlar"ga yordam bera olmaydi.
Bundan tashqari, "Navbahor" - "Andijon" qarama-qarshiligida chetlatilgan Sardor Azimov hamda "Olimpik Mobiuz" va "Lokomotiv" o‘yiinida qizil kartochka olgan Abubakir Rizo Turdialiev ham ushbu bu turda o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.
Fikrlar