Superliga. AGMK "temiryo‘lchilar"ni tor-mor keltirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 15-turidan o‘rin olgan AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.

Olmaliq klubi safida gollar Haqnazari, Ismoilov va Mirahmadov (dubl) nomiga qayd etildi. "Temiryo‘lchilar"ga gol urish nasib etmadi. 

Shu tariqa, "konchilar" ochkolari sonini 24 taga etkazib olgan holda, turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. Koristichenko shogirdlari hisobida 16 ochko mavjud. Jamoa ayni payt jadvalning 10-pog‘onasidan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!