Superliga. "Andijon" bu turda durang o‘ynadi. "Mash’al" esa "Qo‘qon" ustidan yirik hisobda zafar quchdi

  • 13 iyun, 23:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Andijon" va "Qo‘qon" - "Mash’al" klublari o‘rtasidagi bellashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Maksim Shaykix boshchiligidagi "Andijon" 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvning 58-daqiqasida Bektemir Abdumannonov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 8 daqiqa o‘tib, Shahboz Jo‘rabekov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Asror Aliqulovning "Mash’al"i esa "Qo‘qon" darvozasiga naqd 4 ta gol urib, yirik hisobda muvaffaqiyatga erishdi. To‘qnashuvning 1-daqiqasidayoq Humoyun Murtazoev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Nurjahon Muzaffarov oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. 76-daqiqaga kelib esa Humoyun Murtazoev dublni rasmiylashtirdi. Shu bilan birga, oradan 2 daqiqa o‘tib, Islombek Baratov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum

Buxoro

  • Shakhboz Jurabekov 67'
Tugadi
1 : 1

13.06.2025 20:00

Tecno

Andijan

  • Bektemir Abdumannonov 58'


  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum

Qo'qon-1912

Tugadi
0 : 4

13.06.2025 20:00

Mash'al

  • Khumoyun Murtazoev 1'
  • Nurjahon Muzaffarov 65'
  • Khumoyun Murtazoev 75'
  • Islombek Baratov 78'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!