
Superliga. Birinchi "qizil" Kasmininga
Coca-Cola Superliga start oldi.
Yangi mavsumda dastlabki "Olimpik" forvardi Ruslanbek Jiyanovning nomiga yozildi. 21 yoshli hujumchi "Paxtakor" bilan o‘yinning 7-daqiqasida Eldor Suyunov darvozasini ishg‘ol qildi (penaltidan).
Birinchi sariq kartochka esa "sherlar" yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekovga ko‘rsatildi. "Paxtakor" — "Olimpik" uchrashuvini boshqargan Aziz Asimov 22-daqiqada mezbonlar xavbekini ogohlantirdi.
Ilk qizil kartochka esa "Metallurg" vakili Vladislav Kasmininga nasib qildi. "Neftchi" yarim himoyachisi G‘ulomhaydar G‘ulomovga nisbatan qo‘pol o‘ynagan belaruslik futbolchi Rahimbek Karimov tomonidan maydondan chetlatildi. Ma’lumot uchun, Kasminin bunga qadar 3 bor Superliga bahslarida diskvalifikatsiyaga yo‘liqqan edi.
Fikrlar