Superliga. Bugun "Toshkent derbisi" bor
Bugun O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan o‘yinlar davom ettiriladi.
Bugun ikkita bellashuv o‘tkaziladi. Birinchi uchrashuv "So‘g‘diyona" va "Qizilqum" bellashuvi bo‘lib, uchrashuv hakami G‘ayrat Jo‘raevning start hushtagi 17:00da chalinadi. Jizzax klubi 2 ochko bilan turnir jadvali eng quyi pog‘onasini egallab turibdi.
Ikkinchi qarama-qarshilikda OKMK hamda "Olimpik" jamoalari o‘rtasida turning markaziy bahsi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin 18:10 da boshlanadi. Bellashuvni Temurbek To‘xtasinov boshqarib boradi.
Ma’lumot uchun, ayni damda turnir jadvalida "Neftchi" peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar