Superliga. Bugun "Nasaf" hamda "Paxtakor" o‘z o‘yinini o‘tkazadi (foto)
Bugun Superligada 18-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Mazkur sanada muxlislar ikki qarama-qarshilik guvohi bo‘ladi.
Dastlabki bahs Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda "Surxon" va "Nasaf" kuch sinashadi. Uchrashuv 18:30 da start oladi. O‘yinni "Dunyo bo‘ylab" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Yana bir o‘yin Navoiyda o‘tkaziladi. Unda "Qizilqum" "Paxtakor"ni mehmon qiladi. Bu bellashuv 19:30 da boshlanadi. Bahs "Sport TV" telekanalida efirga uzatiladi.


Fikrlar