Superliga. Bugun "Navbahor", "Neftchi" va "Lokomotiv" o‘z uchrashuvini o‘tkazadi

  • 05.03.2026 06:24
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Superliganing 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Bugungi kun doirasida uchta o‘yin bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Unga ko‘ra, soat 19:30'da "Navbahor" — "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv start oladi. Soat 19:15'da esa "Mash’al" — "Lokomotiv" bahsi boshlanadi.

Shuningdek, amaldagi chempion "Neftchi" safarda "Surxon" bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv soat 19:30'da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 6 mart kuni turning qolgan 3 ta uchrashuvi o‘tkaziladi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!