Superliga. Bugun "Vodiy derbisi" va yana ikki o‘yin o‘tkaziladi
Muhammadqodir Ruzmatov
Bugun kun dasturidan o‘rin olgan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Superligasining 10-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetadi. Bugun kun dasturidan o‘rin olgan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Dastlab, soat 19:00'da “Neftchi” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi. "Vodiy derbisi" bilan parallell ravishda “So‘g‘diyona” — “Surxon” bellashuvi o‘tkaziladi.
Turning qiziqarli o‘yinlaridan biri — “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv soat 20:00'da start oladi. Ushbu uchrashuv “Sport TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Izohlar (0)