Superliga. "Bunyodkor" bir kishi kam o‘ynagan "So‘g‘diyona"ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

  • 25 noyabr, 2020, 18:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 24-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Sug‘diyona" bellashuvi yakuniga etdi va unda mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yin poytaxtliklarning ustunligida kechdi. Biroq birinchi taymda tomonlar darvozani ishg‘ol qila olmadi. Uchrashuvning 59-daqiqasida San’at Shixov yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan Sanjar Qodirqulovni to‘xtatib qoldi va uchrashuv hakami unga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi.

64-daqiqada esa, Mirjahon Mirahmadov himoyachilarni aldab, to‘pni Xurshid G‘iyosovga etkazib berdi. Hujumchining dastlabki zarbasini Shirinboy Abdullaev qaytardi, biroq ikkinchi zarbaga darvozabon ulgurmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, "Bunyodkor" ochkolari sonini 42 taga etkazib, 4-o‘rinni mustahkamlab oldi. "Sug‘diyona" esa 34 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.

Superliga. 24-tur

"BUNYoDKOR" - "SO‘G‘DIYoNA" - 1:0 (0:0)

25 noyabr. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni.

"Bunyodkor": Abdumavlon Abduljalilov, Islomjon Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov (Selim Nurmuradov, 83), Rasul Yo‘ldoshev (Dilshodbek Ahmadaliev, 71),  Lutfulla To‘raev (Farrux Ikromov, 90+1), Mirjahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov, 71),  Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov (Davronjon Ergashev, 90+1), Ulug‘bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev.

"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Ayubxon No‘’monov (Sahob Rashidov, 78), Jamshid Boltaboev (Sanjar Rashidov, 38), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Elyor Orifov, 62), San’at Shixov, Javohir Qahramonov (Bahodir Nasimov, 78), Shahboz Jo‘rabekov, Mirko Kolakovich. 

Gol: Xurshid G‘iyosov, 64 – 1:0.

Ogohlantirishlar: Abdulla Abdullaev, 9. San’at Shixov, 15. Marko Kolakovich, 65. Shahboz Jo‘rabekov, 69. Shohruz Norxonov, 90.

Chetlatish: San’at Shixov, 59.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!