Superliga. Chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor" qiyinchilik bilan "Surxon"ni mag‘lub etdi

  • 27 oktabr, 2023, 20:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi va namanganliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 2-daqiqada Asadbek Sobirjonovning uzatmasidan so‘ng Doniyor Abdumannopov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu tarzda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan "uchar tulporlar" 58-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Yon chiziqdkan jarima maydoniga otilgan to‘pni Sunnatulloh Hamidjonov "lochinlar" darvozasiga joylab qo‘ydi. 

Bellashuvning 82-daqiqasida Jamshid Iskanderovning super uzamtmasidan so‘ng Oston Urunov gol urib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin oxirida Temur To‘xtasinov "Navbahor" darvazasiga penalti belgiladi, biroq O‘tkir Yusupov Nimelining zarbasini qaytardi.

Shu tariqa, Babayan shogirdlari safardan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!