Superliga: "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi chiptalari sotuvda!

  • 25.02.2026 14:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi. 

"Barcha muxlislar intizorlik bilan kutgan yangi futbol mavsumi start olmoqda! 

Vadim Abramov murabbiyligidagi «Dinamo» jamoasi Superliga-2026 1-turining markaziy o‘yinida 28 fevral, shanba kuni Temur Kapadze boshchiligidagi «Navbahor»ni qabul qiladi. Samarqandda o‘tadigan uchrashuvga qiziqish juda yuqori. 

Bugun, 25 fevral soat 15:00dan boshlab «Dinamo» - «Navbahor» uchrashuvi chiptalari sotuvi boshlanadi. Bir o‘yin uchun oddiy toifadagi chipta narxi o‘zgarmagan – 25 ming so‘m. Muxlislarga qulay bo‘lishi uchun oddiy toifadagi chiptaning yillik abonement ko‘rinishidagisi ham sotuvda mavjud. Narxi – 400 ming so‘m etib belgilangan. Yillik chiptani sotib olgan muxlislar 2026 yil davomida Superliga va kubok o‘yinlariga aynan shu abonement bilan kirish huquqiga ega bo‘lishadi.

Bu yildan e’tiboran stadion ma’muriyati tomonidan markaziy tribunaning VIP (960 ming so‘m) va CIP (820 ming so‘m) sektordagi chiptalar yillik abonement ko‘rinishida sotuvga chiqarilib, hozirga kelib sotib bo‘lingan. Qolgan istalgan sektorlar uchun bir o‘yinlik oddiy chiptalar – 25 ming so‘m, yillik abonement esa 400 ming so‘mdan sotilishi boshlanadi. Kassa bugun soat 18:00gacha, qolgan kunlari ham soat 09:00dan 18:00gacha ishlaydi. Chiptalar sotuvi o‘yin kuni ham davom etadi", - deyiladi xabarda.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!