Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superliga. Gollarga boy o‘tganda o‘yinda OKMK "Buxoro"ni mag‘lubiyatga uchratdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

To‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 
 
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK o‘z uyida "Buxoro"ni qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 
 
Uchrashuvning 9-daqiqada Siavash Haqnazari Aziz Xolmurodovning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Mirjamol Qosimov farqni 2 taga yetkazdi va o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 
 
"Buxoro" esa 29-daqiqada hisobni qisqartirdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Sherzod Esanov darvozaga to‘g‘rilab yubordi. Buxoroliklar 34-daqiqada OKMK darvozasiga ikkinchi golni ham urdi. Sherzod Esanovdan dubl! 
 
Bellashuvning 77-daqiqasida Nodirbek Abdurazzoqov g‘alaba golini kiritdi va jamoasiga 3 ochkoni taqdim etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q