
Superliga. Hisobga olinmagan gol va maydondagi janjal — "So‘g‘diyona" Qarshida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Bugun O‘zbekiston Superligasi 12-turidan o‘rin olgan so‘nggi 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. "Nasaf" o‘z maydonida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va Husain Norchaevning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etish joiz, 90-daqiqada Marko Kolakovich tomonidan kiritilgan gol VAR aralashuvidan so‘ng bekor qilindi. Uchrashuv yakunida esa har ikkala jamoa futbolchilari ishtirokida ommaviy janjal yuzaga keldi va Sherzod Nasrullaev, Husniddin Aliqulov va Jamshid Boltaboev maydondan chetlatildi.
Parallel ravishda kechgan "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi Toshkent derbisida esa "sherlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Olmaliqda bo‘lib o‘tgan "Surxon" - "Bunyodkor" qarama-qarshiligida esa "qaldirg‘ochlar" 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar