Superliga klublari yangi mavsumni qaysi stadionlarda boshlashlarini bilasizmi?

  • 15 yanvar, 2024, 11:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Liga Superliga stadionlari sifatini yaxshilash yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi. Shundan kelib chiqib, 2024 yilgi mavsum startida ayrim klublar o‘z uy arenasida uchrashuvlar o‘tkaza olmaydi.

Tecno

Ehtimoliy Superligaga qaytishi mumkin bo‘lgan “Dinamo”ning 2024 yilgi mavsum Samarqand shahrida o‘ynay olmasligi o‘tgan yilning 11 aprel sanasida rasman ma’lum qilingandi. “Qizilqum”ning Navoiyda rasmiy o‘yinlarni qabul qila olmasligi esa 16 mart kuni bildirilgan. Shunday asos bilan Bekoboddagi stadionda Superliga o‘yinlarini o‘tkazish to‘xtatilgan. Termizdagi stadion esa yangi mavsum startiga tayyor bo‘lmaydi.

Shuningdek, Liga “Lokomotiv” klubini 2024 yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida ham deyarli shunday holat bo‘lib, futbol klubini oldinda kutayotgan ehtimoliy o‘zgarishlardan kelib chiqib, stadionga nisbatan sanktsiya kiritiladi.

Ma’lumki, 2023 yilgi mavsumda OKMK, “Bobur arena”, “Bunyodkor”, “Jar”, “So‘g‘diyona” kabi stadionlar maysasi to‘la yangilandi. 2024 yilda “Dinamo” va “Surxon” arena ular safiga qo‘shilishi rejalashtirilgan. Navoiy va Bekobod shahridagi stadionlarning kelgusi rejasi qanday ekanligi borasida aniq axborot hozirgacha yo‘q.

Superliganing 2024 yilgi mavsumiga qur’a tashlash uchun Liga 14 klub mavsumni qaysi arenada boshlanishini aniqlab olishi kerak edi. Bu yo‘lda Liga o‘tgan yilgi mavsum nihoyasiga etishi bilan harakat boshlagan bo‘lib, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra stadioni talabga javob bermasligi aniq bo‘lgan klublar 10 yanvarga qadar bu muammoni hal qilishi belgilab qo‘yilgandi.

superliga_8

Endilikda “Olimpik” mavsumning dastlabki uch turini “Jar” stadionida o‘tkaza olmaydi. O‘FA rejasiga ko‘ra, martning birinchi yarmida “Jar” OFK musobaqasiga mezbonlik qiladi. Shuning uchun “Olimpik” mavsumni “Bunyodkor”da boshlaydi.

Stadioni mavsum uchun qabul qilinmagan “Dinamo” Jizzaxda, “Qizilqum” esa “Buxoro”da o‘ynaydigan bo‘ldi. Bunda klub muxlislarining o‘yinlarga tashrifi masalasi ham inobatga olindi.

“Surxon” arenani mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab ishga tushirish rejalashtirilgan. Unga qadar klub “Paxtakor” bilan bir arenadan foydalanishda davom etadi. “Metallurg” esa OKMK uyidan foydalanib turadi.

Liga tez orada Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlanadigan sanaga oydinlik kiritadi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
15/01/2024 17:56
Чёт элда шу холатбулса агар,кетига тепади.
&
998913335306
15/01/2024 15:16
УФФ даги корчалонлар: яна суперлига жамоалари сонини ошириш билан нима узгаради? Уйнашга стадиони йук жамоалар чемпионат савиясига тасир килади ю..
&
998913335306
15/01/2024 15:12
Уй стадионига эга булмаган жамоа. Кандай килиб суперлига жамоаси булишини тасаввур килиб куринг.