Superliga. Legionerlarning gollari "Paxtakor"ni peshqadamlar qatoriga qaytardi
Superliga 10-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda gollarga Cheran va Sharkich mualliflik qildi. Mezbonlar bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng "Paxtakor"ning ochkolari soni 17 taga etdi. "Sherlar" ayni payt turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
"Lokomotiv" hisobidagi ochkolari soni 12 taligicha qoldi. "Temiryo‘lchilar" hozircha jadvalning 8-pog‘onasidan joy egallagan.

Fikrlar