Superliga. "Lokomotiv" AGMK ustidan irodali g‘alabaga erishdi
TTYMI stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 3-daqiqada Zafar Polvonov o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.
Biroq tezkor gol o‘tkazib yuborganliklariga qaramay, "temiryo‘lchilar" iroda namoyish etib, birinchi bo‘lim so‘nggida ikkita to‘p kiritib, 3 ochko egasiga aylanishdi.
Shu tariqa Andrey Fyodorov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 9 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 4 ochkoga ega bo‘lgan AGMK esa 8-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar