Superliga: "Lokomotiv" qizil, "Qizilqum" ko‘k formada o‘ynaydi

 

Bugun, 1 mart kuni O‘zbekiston Superligasi start oladi. Turni “Qizilqum” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv ochib beradi.

Barcha jabhada yangilik hamda o‘zgarishlarga intilayotgan O‘zPFL bu yildan e’tiboran Superliga uchrashuvlari oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida o‘yinoldi mitinglari ham o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi.

Bugun “Qizilqum” va “Lokomotiv” jamoasi murabbiylari, administrator hamda matbuot kotiblari ishtirokida miting o‘tkazildi. Unda o‘yin davomida va uning atrofida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar tanishtirildi va muhokama qilindi.

Miting yakunida jamoalar bugungi o‘yinni qanday libosda o‘tkazishlariga oydinlik kiritildi. Unga ko‘ra, “Lokomotiv” bahsni qizil-oq-oq lisboda o‘tkazadigan bo‘ldi. "Temiryo‘lchilar" darvozaboni to‘liq qora rangdagi formada maydonga chiqadi. “Qizilqum” esa ko‘k-ko‘k-ko‘k rangdagi formada o‘ynaydigan bo‘ldi. Mezbon jamoa darvozaboni kulrang libosda o‘yinga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!