Superliga. "Lokomotiv" - "Xorazm" bahsida g‘olib jamoa nomi aniqlanmadi

  • 07.04.2026 18:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Superliga 6-turnin ilk uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "Lokomotiv" o‘z maydonida "Xorazm"ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, uchrashuvning 67-daqiqasida Yanis Leri hisobni ochishga muvaffaq bo‘lib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada esa "Lokomotiv" sardori Temurxo‘ja Abduxoliqov 81-daqiqada oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, hisobni tenglashtirishga erishdi.

Ma’lumot o‘rnida, "Lokomotiv" hamda "Xorazm" klublari ushbu bellashuvdan so‘ng ochkolar sonini 8 taga yetkazib olib, 7 va 8-o‘rinlarda qolishdi.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum
6635.png

Lokomotiv

  • Temurkhuja Abdukholikov 81'
Tugadi
1 : 1

07.04.2026 17:00

35933.png

Xorazm

  • Yanis Lhéry 66'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!