Superliga. Mahmudhojievning dubli "Paxtakor"ga irodali g‘alaba keltirdi
Qo‘qonda kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. 29-daqiqada Shaxboz Erkinov hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin so‘nggida Shohruh Mahmudhojiev dubl qayd etib, jamoasining irodali g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, "sherlar" hisobidagi ochkolar soni 35 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni yanada mustahkamladi. Aziz To‘xtaboev shogirdlari esa 8 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar
Go Go Pakhtakor!