Asosiy mazmunga oʻtish

Superliga. Mart oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi e'lon qilindi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Ikki mukofotni ham bir klub a'zolari qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Superligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi.

Mart oyida eng yaxshi futbolchi sifatida Stipe Peritsa tan olindi. U 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eng yaxshi murabbiy sifatida Islombek Ismoilov e’tirof etildi. U boshqargan jamoa 4 ta o‘yindan 4 tasida g‘alaba qozondi va umumiy gollar farqi 12:1 ni tashkil etdi.

E’tiborli jihati shuki, ikki mukofotni ham Farg‘onaning "Neftchi" klubi a’zolari qo‘lga kiritdi. Klub Superligada hozir 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda (5 o‘yin - 5 g‘alaba).

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q