
Superliga. "Neftchi" - "Olimpik" uchrashuvi oldidan prevyu
Superliga 24-turida muxlislar "Neftchi" - "Olimpik" bahsiga guvoh bo‘ladi.
"Olimpik" jamoasi mamlakatimizning eng yosh klublaridan bo‘lib, 2021 yilda tashkil topgan. Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi futbolchilar 2021 yil futbol mavsumida Pro liga musobaqalarida omadli qatnashib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
"Neftchi" futbol klubi milliy chempionatimiz doirasida "Olimpik" bilan Pro ligada 4 marta va Superligada 3 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan.Bularning 2 tasida "Olimpik" g‘alaba qozongan, 4 ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan va faqat bitta bahsda farg‘onaliklar ustun kelishgan. To‘plar nisbati 4:8 toshkentliklar foydasiga.
Jamoalarning Superligada o‘zaro qayd etilgan uchrashuvning natijalari quyidagicha:
21.05.2023.
"Olimpik"-"Neftchi" 0:0
08.10.2022.
"Olimpik"-"Neftchi" 1:1
10.05.2022.
"Neftchi"-"Olimpik" 0:0.
Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" - "Olimpik" uchrashuvi 3-noyabr kuni soat 18:15da "Istiqlol" stadionida start oladi.
Fikrlar