
Superliga. "Neftchi" super kambek amalga oshirib "Navbahor"ni mag‘lub etdi
Superliganing 4-turi davom ettirildi.
Navbatdagi bahsda "Neftchi" va "Navbahor" jamoalari to‘qnash keldi.
"Vodiy derbisi"da "Neftchi" kambek amalga oshirgan holda g‘alaba qozondi - 3:2.
Dastlab, 30-daqiqada jarima zarbasidan unumli foydalangan Azimjon Ahmedov supergol urib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim startida esa Bilolxon Toshmirzaev (48') oradagi farqni yo‘qqa chiqargan bo‘lsa, bir daqiqa o‘tib Ruslanbek Jiyanov (49') "Navbahor"ni yana oldinga olib chiqdi.
63- va 72- daqiqalardagi Zoran Marushichning gollari esa mezbonlarning kambekiga sabab bo‘ldi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Neftchi
- Bilolkhon Toshmirzaev 48'
- Zoran Marušić 72'
- Zoran Marušić 64'
Tugadi
3
:
2
05.04.2025 19:30

Navbahor
- Ruslanbek Jiyanov 49'
- Azimzhon Akhmedov 30'
Fikrlar