Superliga. «OKMK» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Muhammadqodir Ruzmatov
Shu tariqa, «OKMK» uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Superliganing 25-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv yakunlandi.
«OKMK» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 22-daqiqada Mirjamol Qosimov hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada Shohruh G‘adoev muvozanatni tikladi. 90+2-daqiqada esa Siavash mezbonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Qayd etish joiz, qo‘qonliklar a’zosi Zafar Hakimov birinchi bo‘lim yakunida qizil kartochka olib, maydonni tark etgan edi.
Shu tariqa, «OKMK» uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Izohlar (0)