
Superliga. "Olimpik"ni ayab o‘tirishmadi
Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Lokomotiv" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Olmaliqliklar safida Jerom Etame (dubl) va Diyor Turopov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "Olimpik" tarkibida gol uradigan futbolchi topilmadi.
Mazkur natijadan so‘ng "Lokomotiv"ning ochkolari soni 12 taga etdi. "Temiryo‘lchilar" ayni payt turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.
"Olimpik" hisobidagi ochkolari soni 8 taligicha qoldi. "Olimpiyachilar" hozircha jadvalning 10-pog‘onasidan joy egallagan.
Fikrlar