Superliga oxirgi tur bahslarida "So‘g‘diyona" o‘yinni sotganmidi? Jamoa sobiq futbolchisi bunga javob berdi

"So‘g‘diyona" jamoasi bu mavsum OFK kubogi va O‘zbekiston kubogidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng Superligada ham ishlari yurishmadi. Ko‘pchilik bunga sabab sifatida klub o‘yinlarni sotgan, deya iddao qildi. Aslida vaziyat qanday edi? 

Jizzaxliklar futbolchisi Shahboz Jo‘rabekov SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida bu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"To‘g‘ri, biz mavsumni yuqori tempda boshladik. Ketma-ket g‘alabalar, OFK kubogida ham, O‘zbekiston kubogida ham yaxshi start olgandik. Oktyabr oyi biz uchun sinovli ekanini bilardik va shunday bo‘ldi ham. Ikkita yarim finalni boy berdik, chempionatda ham qoniqarsiz natija ko‘rsatdik. 1 yil mobaynida qattiq mehnat qilib, oxirida hech narsasiz qolish juda alamli va og‘riqli bo‘ldi. 

OFK kubogidan so‘ng baribir ruhiy tushkunlikka tushib qolgandik. Bundan chiqib ketishga harakat qildik. Afsuski, hech narsa o‘xshamadi. Oxirgi uchrashuvlarda "So‘g‘diyona" o‘yinni sotdi", - degan gap-so‘zlar tarqaldi. Buning barchasi yolg‘on, bilib-bilmay gapirishlarini xohlamasdim. Alloh bu yilgi nasibamizni shunaqa qilib yozgan ekan. Bundan qochib qutula olmaymiz. Bizga ruhiy holatimiz ancha pand berdi, deb o‘ylayman", - dedi "bo‘rilar" safini tark etgan Jo‘rabekov.

 

"So‘g‘diyona"dan ketgani, jamoasi Superligada o‘yinni sotgan yoki yo‘qligi, Jahon chempionatida qaysi jamoaga muxlislik qilishi haqida ShAHBOZ JO‘RABEKOV bilan katta intervyu

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!