Superliga. "Paxtakor" poytaxt derbisida "Bunyodkor"dan ustun keldi
"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda "sherlar" 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dostonbek Hamdamov va Dragan Cheranlar tomonidan kiritilgan gollarga "qaldirg‘ochlar" safida Mirjahon Mirahmadov bir javob qaytardi.
Shu tariqa Shota Arveladze shogirdlari turnir jadvalida yana peshqadamga aylanishdi. "Bunyodkor" esa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar