Superliga qaytmoqda! Bugun "Nasaf" "Surxon" bilan o‘ynaydi

  • 18.10.2024 13:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

FIFA kunlari yakunlanib, O‘zbekiston Superligasi qaytmoqda. Bugun 21-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Chempionlik uchun tobora yaqinlashib borayotgan "Nasaf" o‘z uyida "Surxon"ni mehmon qiladi. Uchrashuv 18:00da Qarshidagi "Markaziy" stadionida start oladi. 

Eslatib o‘tamiz, 20 o‘yinda 45 ochko jamg‘argan "ajdarlar" turnir jadvalida etakchi bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!