
Superliga. "Qizilqum" "So‘g‘diyona"ning peshqadam bo‘lib olishiga yo‘l qo‘ymadi
Superliga 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida gollarni Abduholiqov (dubl) va Stanisavlevich kiritdi. Mezbonlarga bu bahsda gol urish nasib etmadi.
Shu tariqa, "Qizilqum"ning ochkolari soni 23 taga etdi. Jamoa ayni payt jadvalda 4-o‘rindan joy olgan. "So‘g‘diyona" hisobida ham 23 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar