
Superliga. "So‘g‘diyona" o‘z uyida "Qo‘qon-1912"ga hech qachon yutqazmagan! Ashurmatov noxush an’anani buzishga qodirmi?
Coca Cola Superligasi 22-tur doirasidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 24 may kuni Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 32 marta to‘qnash kelishgan. Bu safargi to‘qnashuv jamolarning o‘zaro 33-uchrashuvi hisoblanadi.
O‘yinlarning 9 tasida “Qo‘qon-1912” zafar quchgan, 15 ta bahsda jizzaxliklarning qo‘li baland kelgan. 8 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati 52-38, “So‘g‘diyona” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 35 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona”ning ochkosi 53 tani tashkil etadi.
Shunisi e’tiborga molikki, qo‘qonliklar shu paytga qadar hali biror marta Jizzaxda g‘alaba qozona olmagan. Faqat 5 marta “So‘g‘diyona” maydonida durang o‘ynagan, qolgan uchrashuvlarda yutqazgan. Baxtiyor Ashurmatov bu safar noxush an’anaga barham berishga qodirmi?
Fikrlar