
Superliga. Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan futbolchi mavsumning dastlabki golini urdi (foto)
O‘zbekiston Superligasi yangi mavsumi start oldi. Bugun ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi. Toshkentda kechgan uchrashuvda hisob ochilmagan bo‘lsa, vodiy derbisida yagona gol bahs taqdirini hal qildi.
"Neftchi" hujumchisi Shahzod Ubaydullaev penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Qolaversa, Ubaydullaev Superliga joriy mavsumining dastlabki goli muallifiga aylandi.
Yana bir qiziq ma’lumot, 24 yoshli Shahzod o‘z to‘g‘ilgan kunida gol urgan futbolchilar safidan ham joy oldi.
Fikrlar