
Superligada "Paxtakor" yutmagan jamoa qolmadi!
"Turon"ni mag‘lub etgandan so‘ng "Paxtakor" Superligada o‘zi bilan to‘qnash kelgan 38 jamoaning barchasini dog‘da qoldirdi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Yaypan klubi O‘zbekiston chempionatida "Paxtakor"ga raqib bo‘lgan 38-jamoaga aylangandi. Birinchi davrada durang qayd etilgandi. Shanba kuni Toshkentda ushbu raqibdan ustun kelgach, toshkentliklar chempionatlarda o‘zi bilan maydonga tushgan barcha jamoani enggan klubga aylandi. Chempionatlarda raqiblar bilan o‘zaro qarama-qarshiliklarda "Paxtakor" salbiy ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan yagona klub hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, ayni damda "sherlar" 51 ochko bilan 1-pog‘onada joylashgan. Ikkinchi o‘rindagi "So‘g‘diyona"dan 13 ochkoga ilgarilab ketgan.
Fikrlar