
Superligada 2-davra boshlanmoqda. Bugun "Paxtakor" "Navbahor" mehmoni bo‘ladi
Bugun Coca Cola Superligasining ikkinchi davrasiga start beriladi. Jumladan, “Navbahor” o‘z maydonida amaldagi chempion hisoblangan “Paxtakor”ni qabul qiladi.
Namangandagi bellashuv soat 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvni “Sport” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
“Paxtakor” 13 turdan so‘ng 34 ochko bilan 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, hisobida 19 ochko bo‘lgan “Navbahor” 7-o‘rindan joy oldi.
Fikrlar