Superligada 60 ta klub ishtirok etishga tayyor

  • 5 dekabr, 2024, 21:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Real” prezidenti Florentino Peres Superliga loyihasini amalga oshishi haqida gapirgan edi. 

Mundo Deportivo xabar berishicha, tashkilotchilar Superliga ustida ishlashmoqda. Ularga ko‘plab klublardan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. 60 ga yaqin klublar loyihada ishtirok etishga rozi bo‘lishgan. Biroq, aynan qaysi jamoalar rozilik bildirgani ochiqlanmagan. 

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Superliga bilan 100 dan ortiq Evropa klublari aloqa qilishgan. 

Avvalroq, Florentino Peres Evropaning kuchli jamoalari bir-biri bilan ko‘proq o‘ynashi kerakligini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!