Superligadan Pro ligaga tushib ketgan jamoaning nomi aniq bo‘ldi!
Superliganing 27-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Joriy mavsum yakunlanishiga uch tur qolganida "Sho‘rtan" klubining ligani tark etishi ayon bo‘ldi.
Jamoa hozircha 15 ochko to‘plagan. Ular qolgan uchta o‘yinda 9 ochko to‘plagan taqdirda ham jami 24 ochkoga etadi. Biroq 24 ochkoga ega bo‘lgan "Xorazm" mavsumdagi har ikki o‘yinda g‘uzorliklarni mag‘lub etgan.
Shu tariqa, "Sho‘rtan" kelasi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadi.
Fikrlar