Superliganing birinchi o‘yinida qaysi klublar to‘qnash kelishini bilasizmi?

  • 08.03.2021 22:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

9 martdan Superligada yangi mavsum start oladi. Dastlabki tur uchrashuvlari 11 martga qadar davom etadi.

Musobaqaning birinchi kunida ikkita o‘yin o‘tkaziladi. Tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirgan AGMK va "Lokomotiv" o‘zaro to‘qnash keladi. "Navbahor" esa o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida Olmaliq va Namangandagi ikki o‘yin boshlanadi. Bular Superliga-2021ning ilk uchrashuvlari sifatida tarixga kiradi. Bellashuvlar 18:30ga belgilangan. Har ikki bahs TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.

9 mart, seshanba

Superliga 1-tur

18:30. AGMK - LOKOMOTIV (Sport) #LIVE

18:30. NAVBAHOR - SO‘G‘DIYoNA (Dunyo bo‘ylab) #LIVE

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!