
Superliganing yana bir hakami jazolandi
Pepsi Superliga 13-turi doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” (0:1) uchrashuvida bosh hakam vazifasini bajargan Akobirxo‘ja Shukurullaev o‘yin jarayonida ketma-ket xatoliklarga yo‘l qo‘ygani uchun jazolanadi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi ushbu holatni o‘rganib chiqdi va bosh hakam A.Shukurullaevni Pepsi Superliga o‘yinlaridan chetlatishga qaror qildi.
A.Shukurullaevga hakamlik tajribasini orttirish, Superliga talabiga javob berishga loyiq ko‘rilgunga qadar Pro-ligada faoliyatini davom ettirish imkoniyati berildi.
Fikrlar