
Supermurabbiy uchta jamoada ishlamoqchi
“Bayer” jamoasini Bundesliga peshqadamiga aylantirgan Xabi Alonsoni bir necha grand klublar o‘ziga taklif qilmoqda.
Da’vogarlar orasida “Bavariya” va “Real” kabi katta maqsadlar uchun kurashadigan jamoalar bor.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis kelajakda faqat uchta grand klubdan biri bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.
Alonso “Bayer”dan keyin “Bavariya”, “Real” yoki “Liverpul”ni boshqarishi mumkin. Uning o‘zi ko‘proq Myunxen klubida ishlashga moyilligi aytilmoqda.
Qizig‘i shundaki, Alonso futbolchilik davrida o‘zi murabbiylik qilmoqchi bo‘layotgan uchala jamoada ham o‘ynagan.
Fikrlar