Superrekord! Ronaldu bu marraga etgan yagona futbolchi

  • 26 oktabr, 08:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Professional ligasining oltinchi turida “An-Nasr” futbolchilari safar uchrashuvida “Al-Hazm” jamoasi mehmoni bo‘lib, raqib maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Tecno

Riyodliklarning navbatdagi uch ochkosini keltirgan gollarga portugaliyalik yulduzlar – Joau Feliks va Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.

Ronalduning kiritgan to‘pi tarixiy ahamiyat kasb etdi. 40 yoshli hujumchi professional faoliyatida rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 950 taga etkazib oldi. Krishtianu bu marrani zabt etgan yagona charm to‘p ustasi hisoblanadi.

Chempionatning oltinchi turidan keyin “An-Nasr” futbolchilari 18 ochko bilan musobqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Krishianu Ronalduning o‘zi joriy mavsumda barcha turnirlarda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!