
Superto‘purar: Ishonch yo‘qoldi, o‘yin ham tugadi!
“Nyukasl” to‘purari Aleksandr Isaak klubdagi vaziyat haqida gapirdi. Shvetsiyalik hujumchi klub uni “Liverpul”ga qo‘yib yubormayotgani uchun mashg‘ulotlarga kelmay qo‘ygan va rasmiy uchrashuvlarda ham o‘ynamasligini uqtirgan.
- Hamkasblarim meni o‘tgan mavsumdagi o‘yinimni e’tirof etib, Angliya professional futbolchilari assotsiatsiyasi ramziy terma jamoasiga qo‘shishganidan faxrlanaman.
Jamoadoshlari va meni shu paytgacha qo‘llab-quvvatlab kelgan “Nyukasl”dagi barchaga minnatdorlik bildiraman. Bugun men taqdirlash marosimiga bormadim. Yuzaga kelgan vaziyatda borishim xato bo‘lardi.
Hamma gapirgan payt, men indamadim. Bu sukut odamlarga voqea bo‘yicha o‘z talqinlarini tarqatish imkonini berdi. Haqiqat shuki, va’dalar berilgan edi va klub anchadan beri mening pozitsiyani biladi. Muammolar endi kelib chiqqandek ko‘rsatish, hammani chalg‘itib qo‘yadi.
Va’da bajarilmasa, ishonch yo‘qoladi, bu holatda hamkorlik davom etmaydi. Ayni paytda men uchun vaziyat huddi shunday. Shu bois, o‘zgarish nafaqat mening, balki barchaning manfaati uchun zarur, - dedi Aleksander Isaak.
Fikrlar