Superto‘purar “Real”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 13 aprel, 2021, 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan hisoblangan Harri Keyn yozda “Real”ga o‘tishga rozilik berdi. London klubi prezidenti Daniel Levi ham transferlar mavsumida jamoaning asosiy yulduzi bilan xayrlashishga tayyor.

Tecno

Harri Keyn Madridga ko‘chib o‘tish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi Joze Mourino jamoasining mavsum so‘nggida premer-ligada qaysi o‘rinni egallashiga bog‘liq. Angliyalik hujumchi aslida “Tottenxem” Evropa Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etmayotgani va sovrinlar uchun kurasha olmasligi sababli, klubni tark etishni istamoqda. Shu bois, agar “Tottenxem” joriy chempionatda kuchli to‘rtlikka kirmasa va kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olmasa, Harri Keyn “Real” taklifini qabul qilib, Madridga ko‘chib o‘tadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenxem” rahbariyati hujumchini 140 million evroga qo‘yib yuborishga rozilik bergan.

Harri Keyn joriy mavsumda 42 ta uchrashuv o‘tkazib, 29 ta gol urdi va 16 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umarjon G'oyifov
13/04/2021 14:26
Реал хужум учлиги, Мбаппе, Кейин, Холанд. Янги Галактикос