Superto‘purarni yarim narxiga olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Chegirma faqat bir oy davom etadi

  • 25 oktabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Shtutgart” hujumchisi Seru Girassi butun Evropada mavsum kashfiyoti bo‘ldi, deyish mumkin. Bungacha o‘rtamiyona o‘yin namoyish qilgan va e’tibordan ancha chetda yurgan futbolchi birdaniga superto‘purarga aylandi.

Tecno

Girassi mavsum boshidan beri sakkizta uchrashuvda 14 ta gol urib, “Shtutgart”ni ikkinchi o‘rinda olib yuribdi.

Germaniya chempionatida hali biror futbolchi, hatto Erling Xoland va Robert Levandovski singari mashhur to‘purarlar ham Bundesligadagi bir necha yillik faoliyati davomida liga startidayoq bunday yuqori ko‘rsatkichlarni qayd eta olmagan.

Ayni paytda “ko‘hna qit’a”ning katta klublari Seruni nishonda ushlab turibdi. Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, Girassining shartnomasida futbolchini 2024 yilning yanvar oyida 20 million evroga sotib olish mumkinligi haqida band bor.

Qaysi jamoa qishki transferlar vaqtida Seru Girassini transferga ko‘ndira olsa, yaxshi hujumchiga ega bo‘ladi.

Transfermarkt portalida Girassining asl narxi 40 million evro ekani ko‘rsatilgan. Agar hujumchi to‘purarlik qobiliyatini namoysh etishdan to‘xtamasa, mavsum oxiriga borib, uning transfer narxi ham yanada  ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!