
Supertransfer hal: “Liverpul” yulduzi boshqa klubga o‘tdi
Angliya va Germaniya chempionlari – “Liverpul” hamda “Bavariya” mersisaydliklarning qanot hujumchisi Luis Dias transferi bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi.
Sky Sport Germany nashri jurnalisti Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, kolumbiyalik 28 yoshli futbolchi uchun Bundesliga grandi liverpulliklarga 75 million evro to‘laydigan bo‘ldi.
“Bavariya” yangi futbolchiga to‘rt yillik shartnoma taklif qilgan.
Luis Dias “Liverpul”da 2022 yilning boshidan beri o‘ynab kelayotgan edi. Bu hujumkor futbolchi o‘z yurtida “Barrankilya” va “Xunior” jamoalari sharafini himoya qilgan. 2019 yilning yozida Evropaga kelib, “Portu” jamoasiga qo‘shilgandi.
Luis Dias professional faoliyati davomida klublar miqyosida jami 421 ta uchrashuv o‘tkazib. Raqiblar darvozasini 105 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 52 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar