"Surxon" - "Neftchi" o‘yini oldidan: katta ustunlik farg‘onaliklarda. Termiz jamoasi oxirgi marta qachon yutgan?

  • 28 iyun, 2022, 19:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" jamoasi uchun "Surxon" klubiga qarshi Olmaliq shahrida kechadigan Superliganing 13-tur uchrashuvi  birinchi davra  o‘yinlariga yakun yasab beradi.

Tecno

Jamoalar shu kungacha milliy chempionatimiz doirasida o‘zaro 24 marta to‘qnash kelishgan. Bularning 19 tasida "Neftchi" ustunlik qilgan, 4 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va faqat bitta bellashuvda "Surxon" jamoasi g‘alaba qozongan. "Neftchi"ning o‘zaro qarama-qarshilikdagi eng yirik g‘alabasi 5:0 ko‘rinishida qayd etilgan. Umumiy to‘plar nisbati 64:18 farg‘onaliklar foydasiga.

Umuman olganda, “Surxon” uchun “Neftchi” noqulay raqib. Buni yuqoridagi raqamlardan ham bilib olsa bo‘ladi. Termiz jamoasi ushbu raqibi ustidan hozirgacha yagona bo‘lib turgan g‘alabasini qachon nishonlaganini bilasizmi? Bunga ham 23 yil bo‘ldi. 1999 yilgi chemponatda “Surxon” o‘z maydonida “Neftchi”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan. Jamoalarning oxirgi beshta o‘yinidan beri "Neftchi" yutib kelyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!