
"Surxon" bugun Tojikiston chempioniga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan so‘ng aksariyat jamoalar singari "Surxon" futbolchilariga ham qisqa tanaffusga chiqishgan edi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra kechadan ushbu jamoa a’zolari Toshkentda yig‘ildi va navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshladi.
Superliga 2-turiga qadar kattaroq tanaffus yuzaga kelgan. Ushbu oraliqdan unumli foydalanishni maqsad qilgan Andrey Miklyaev boshchiligidagi «Surxon» jamoasi bugun Toshkentda Tojikiston chempioni «Istiqlol» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, «Istiqlol» jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi «play-off» bahsida AGMKga qarshi maydonga tushib 4:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
15.03.2019. O‘rtoqlik uchrashuvi.
«SURXON» (TERMIZ) - «ISTIQLOL» (TOJIKISTON)
Fikrlar