
"Surxon" Darko Stanoevich oldidagi mavjud qarzdorlikni bartaraf etdi
"Surxon" futbol klubi serbiyalik legioner futbolchi Darko Stanoevich oldidagi barcha mavjud qarzdorlikni bartaraf etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining agentlari Kamoliddin Murzoev va Davron Shaymardonovlar FIFAga xat yuborib ushbu xabarni tasdiqlashdi.
FIFA tartib-intizom qo‘mitasi (Secretariat to the FIFA Disciplinary Committee) "Surxon" klubi uchun qo‘yilishi mumkin bo‘lgan har qanday cheklovlarni bekor qildi.
Fikrlar