"Surxon" klubi ustozi: Biz ikkita kutilmagan, be’mani gollarni o‘tkazib yubordik

  • 1 dekabr, 2019, 15:56
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 26-turida "Mutallurg" - "Surxon" uchrashuvi o‘tkazildi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vladimir Andreev ishtirok etdi. Bu haqda "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- “Metallurg”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bevosita uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsam, biz ikkita kutilmagan, be’mani gollarni o‘tkazib yubordik, bu esa jamoamizning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi taymda o‘yinni tenglashtirdik, vaziyatlar yaratdik. Biroq imkoniyatlardan foydalanishda afsuski oqsadik. Yakunni esa ko‘rib turibsiz.

Jamoa kuchlilar safiga qaytgach, birinchi mavsumni o‘tkazdik. Bir qaraganda Superligadagi mavqemizni mustahkamlab oldik. Kuchlilar qatoridan joy egalladik. Ammo bundan-da yaxshiroq, yuqoriroq o‘rinlarga ko‘tarilish imkoniyati bor edi. Nima ham derdim, jadvalning o‘rtasidan o‘rin egallashimiz bitilgan ekan, shunday bo‘ldi. Yigitlarga mavsum davomidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman, - dedi Vladimir Anatolevich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхон
02/12/2019 10:18
Кейинги йилгача бемани уйинчиларни хам жавобини бериб юборинг. Ва бемани уйин курсатманг. Чунки кейинги йил биз энди суперлигага чиктик деган бахонангиз утмайди.