"Surxon" nazorat uchrashuvida "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

  • 29 may, 2021, 23:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Surxon" Superliga 9-turida "Turon" jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng futbolchilarga dam olish imkoniyatini yaratib bergan edi.

Tecno

26 may sanasidan Toshkentda navbatdagi bahsga tayyorgarlik boshlab yubordi. Bugun jamoa nazorat bahsida Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubiga qarshi maydonga tushib, 2-1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida mehmonlar hisobni ochdi 0:1. 

Ikkinchi bo‘limni ko‘tarinki ruhda boshlagan "Surxon" futbolchilari 65-daqiqaga kelib oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Jasur Xolto‘raev birga-bir vaziyatga chiqib borib darvozabonni ortda qoldirdi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida Sharofiddin Shobirov jarima zarbasini aniq amalga oshirib, "Surxon"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Nazorat uchrashuvi.

"Surxon" - "So‘g‘diyona" 2:1.

Gollar: Jasur Xolto‘raev, Sharofiddin Shobirov ("Surxon")

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!