
"Surxon" O‘zbekiston Kubogida qanday natijalar ko‘rsatgan?
Ma’lumki, ayni paytda O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi guruh bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tyapti. “Surxon” 9 aprel kuni “Buxoro”ga qarshi maydonga tushadi. Shu munosabat bilan “Surxon” klubi matbuot xizmati jamoaning O‘zbekiston Kubogidagi umumiy ishtiroki bo‘yicha ma’lumot berdi.
1992 yil 12 aprelda “Surxon” bu turnirda o‘zining tarixidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. O‘shanda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga (5:0) yutqazgan bo‘lsa, javob o‘yinida durang o‘ynagan – 0:0.
1993 yilgi mavsumda ilk bor birinchi bosqichdan o‘ta olgan. Keyin esa Buxoroning “Sitora”sini mag‘lub qildi. Ikki o‘yin yakuniga ko‘ra 4:1 hisobi “Surxon” foydasiga. Termiz klubi ilk bor turnirning nimchorak final bosqichi ishtirokchisiga aylandi. Keyingi uch mavsumda klub o‘z nomini ASK ga o‘zgartirdi va 1995 yilda yana 1/8 finalga chiqdi. 1997 yilgi qur’a tashlash marosimida ASK yana avvalgi nomiga qaytdi. “Surxon” ikkinchi saralash bosqichiga chiqdi.
2000/01 yilgi mavsumda termizliklar barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, o‘z guruhida muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, 1/8 finalda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi yana klub yo‘liga to‘sqinlik qildi. Ammo 2002/2003 yilgi mavsumda bu “Surxon” uchun yutuq edi. Guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi. 1/8 finalda Bekobodning “Metallurg” jamoasini (umumiy 4:3), chorak finalda “Mash’al”ni mag‘lubiyatga uchratgan edi (jami 5:4), tarixiy yarim finalga chiqqan “Surxon” “Paxtakor”dan mag‘lub bo‘ldi.
2005 yilda “Surxon” “Lokomotiv”ga faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuchli sakkizlik yo‘llanmasini boy bergandi. 2007-2011 yillarda “Surxon” mamlakat Kubogida ishtirok etmagan, 2012 yilgi mavsumda esa “Mashal”ga qarshi bahsda termizliklar faqat penaltilar seriyasi g‘alabani qo‘ldan boy bergandi.
2019 yilda klub Shahrixonning “Rash Milk” va Toshkentning “Lokomotiv” klublarini mag‘lub etib, ¼ finalning faxrli bosqichiga yo‘l oldi, so‘nggi mavsumda ham jamoa chorak finalga chiqdi.
“Surxon”ning O‘zbekiston kubogidagi natijalari
1992 yil - 1/16 final
1993 yil - 1/8 final
1994 yil - 1/16 final
1995 yil - 1/8 final
1996 yil - guruh bosqichi. 5-o‘rin
1997 yil - Ikkinchi saralash bosqichi
1998 yil - 1/16 final
1999/2000 - 1/16 final
2000/2001 - 1/8 final
2001/2002 - 1/16 final
2002/2003 - Yarim final
2004 yil - 1/16 final
2005 yil - 1/8 final
2006 yil - Birinchi saralash bosqichi
2007-2011 – qatnashmagan
2012 yil - 1/16 final
2013-2016 – qatnashmagan
2017 yil - Ikkinchi saralash bosqichi
2018 yil - 1/8 final
2019 - Chorak final
2020 - 1/8 final
2021 - Chorak final
Fikrlar